“Qaysi bir direktor oʻqituvchilarni majburlasa, unga nisbatan tegishli chora koʻrilishi taʼminlanadi” – Maktablarda 22:00 gacha oʻtkazilayotgan tadbirlar yuzasidan izoh berildi

Saqlash
20:13 / 03.02.2022 891 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Andijon viloyatidagi maktablarda kechasi ham oʻquvchi va uyushmagan yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish uchun toʻgarak va boshqa tadbirlar tashkil qilish uchun oʻqituvchilardan ertalabdan kechki soat 22:00 ga qadar maktabda boʻlish talab qilinayotgani haqida yozdi.

 

“Kechasi nima qilarini bilmay yurgan oʻqituvchi va yoshlar bu sharoitdan juda «baxtiyor” boʻlishsa kerak. Mayli jiddiy boʻlaylik: bu koʻzboʻyamachiliklar kimga, nima uchun kerak oʻzi, tushuntiradigan bormi?», deya murojaat qilgan deputat mutasaddilarga.

 

 

Daryo.uz saytining yozishicha, Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Azizbek Mirkomilov deputatning tanqidlariga izoh bergan.

 

Maʼlum qilinishicha, taʼlim muassasalaridagi tadbirlar davlat rahbarining maktab taʼlimini rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektorida bergan topshirigʻiga asosan mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda maktab maʼmuriyati bilan tashkil etilmoqda.

 

«Maʼlumki, 2022-yilning 28-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimini rivojlantirishga bagʻishlangan selektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda mahallarda joylashgan taʼlim muassasalarida aholi, ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun mushoira kechalari, sport tadbirlari va maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlarni oʻtkazish boʻyicha topshiriq berilgandi. Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida shahar va tuman Yoshlar ishlari agentligi hamda xalq taʼlimi boʻlimlari hamkorligida maxsus jadvallar ishlab chiqilgan boʻlib, shunga asosan har kuni taʼlim muassasalarida soat 18:00 dan 22:00 ga qadar turli tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

 

Tadbirlar mahalla yetakchilari va maktab maʼmuriyati hamkorligida tashkil etilyapti. Maktab direktorlariga tadbirlarga umuman oʻqituvchilarni jalb qilmaslik talab qilinmoqda. Agarda qaysi bir direktor oʻqituvchilarni majburlasa, unga nisbatan tegishli chora koʻrilishi taʼminlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan oʻqituvchilardan maktabda ertalabdan kechki 22:00 gacha boʻlish talab etilayotgani haqidagi xabarlar asossiz», — degan Azizbek Mirkomilov

 

Shuningdek, u Facebookdagi sahifasida holatga munosabatini bildirib, oʻqituvchilarga oʻz murojaatini yoʻllagan.

 

Hurmatli hamkasblar, tashkil etilayotgan barcha tadbirlar uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Biroq oramizda, bunga oʻqituvchilar majburlanyapti, deb jar solayotgan ayrim doʻstlarimiz ham borligi ochigʻi meni quvontirdi. Chunki ish bor joyda, albatta, kamchilik, turli ziddiyatlar va qarashlar boʻladi. Oʻsha doʻstlarimizga savol «Siz nimani hisobiga asoslanmagan xabarlarni tarqatmoqdasiz? Onlayn darsni yoki biron oʻquvchini oʻzlashtirish jarayonini vijdonan nazorat qildingizmi? Sizlarga ish boʻlmasdan faqat gap tashib, gʻiybat qilsangiz... Qani edi taʼlim sifatiga ham ana shunday fidoyilik bilan yondashsangiz, Andijon taʼlimi yuksalarmidi? Ish qilmasdan guruhlardagi rasmlarni kimlargadir tashlab berib nima foyda koʻrasiz?

 

Oʻzingizning ishingizni uddalay olmasangiz hech boʻlmasa ishlaganlarga xalaqit bermay turing. Tadbirlar mahalla yetakchilari va maktab maʼmuriyati tomonidan tashkil etilyapti. Vijdonli va diyonatli oʻqituvchilarimiz esa oʻquvchilarining oʻzlashtirishi bilan band. Ularga boshim yerga tekkuncha taʼzimdaman. Kamchilik izlayotgan ayrim bekorchilarga esa (ustoz deyishga tiling bormaydi) insof tilab qolaman. Gruppalardagi rasmlarni tashlashda davom eting.

 

Barcha umumtaʼlim maktablari direktorlari mahalladagi yoshlar yetakchilariga qanot boʻling, ularga yoshlar bilan ishlashni oʻrgatib maktablarimizni haqiqiy maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻiga, ziyo maskaniga aylantirishda hech ham charchamanglar. Sport zal va maydonlarimiz, kompyuter xonalari doimiy yoshlar bilan gavjum boʻlsin. Sizlardan yangi haftada yangi gʻoya va tashabbuslarni kutib qolaman.

 

Azizbek Mirkomilov, Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

 

Xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, belgilangan tadbirlarni oʻtkazilishida yoshlar yetakchilari, mahalla fuqarolari yigʻini raislari bilan oʻzaro hamkorlikda namunali ish tashkil qilgan maktab rahb

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//