Jamiyat
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 2-fevral kuni viloyatdagi kushxonalar va qassoblar faoliyatini tartibga solish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda tanqid qilgan jurnalist, bloger va jamoatchilik faollari ragʻbatlantirilishini maʼlum qildi, deb xabar berdi Zarnews.
Viloyat hokimining soʻzlariga koʻra, 15-fevraldan boshlab blogerlar, jurnalistlar, jamoatchilik – kim «negativka» olib kelsa, mukofotlanadi. Turdimov ularga alohida pul topib berishni vaʼda qilgan. Bunda salbiy kamchiliklarni kim olib kelishining farqi yoʻqligi, rasmga tushirilib, tasdiqlanishi va tekshirilishini qayd etgan.
«Kattaroq material boʻlsa – koʻproq, kichikroq material boʻlsa – kamroq pul beramiz. Chunki xalqning salomatligi bu. Jurnalistlar kamchiliklar haqida yaxshi koʻrsatuv qilib kelsa, masalan, tibbiy koʻrikdan oʻtmagan odam goʻsht sotayotgan boʻlsa, SESning oʻsha vakili ishdan ketadi. Javobgarlikka torttiraman, hech baloni qoʻymayman. Qassobning oʻzini sharmandasini chiqaraman. Sudga berib, bir yilga qassobchilik qilish huquqidan mahrum qilaman. Qani bittasi oʻsha joyga shtampni ursin (ruxsat bersin – tahr.) butun dunyoga sharmanda qildiraman», deydi u.
Erkinjon Turdimovning qayd etishicha, shu kabi jamoat ishlarida faol ishtirok etganlar byudjetdan ragʻbatlantiriladi. “Buni qanday qilamiz? Masalan, mahalla raisi, «uchastkovoy” byudjetdan oylik oladi, toʻgʻrimi? Hokim yordamchisi, veterinary, vet-laboratoriya ham byudjetdan oylik oladimi? Jarima! Oyligidan 30-40 foiz jarima qilish mumkinmi? Hammasining jarimasi byudjetga tushadi va yekonomʼ boʻlib qoladi. Oʻsha summadan ularga mukofot puli yozib beramiz», degan viloyat hokimi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q