Jamiyat
Finlandiya «O‘zbekistonning meteorologiya sohasidagi salohiyatini mustahkamlash» loyihasini amalga oshirish uchun mamlakatga grant ajratilishini ma’qulladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, grantning umumiy miqdori 2 million yevroni tashkil etadi. Grant loyihasini 2022-2025 yillarda amalga oshirish belgilangan.
Loyiha Gidrometeorologiya xizmati markazi («O‘zgidromet»)ning salohiyatini modernizasiya qilish, xodimlarni ilg‘or ko‘nikmalarga o‘rgatish, shu jumladan, tabiiy ofatlarni prognoz qilish, sohada axborot xizmatlari salmog‘ini oshirish, iqlim o‘zgarishiga moslashishni rag‘batlantirishni nazarda tutadi.
Finlandiya tomonidan ushbu mamlakat Meteorologiya instituti, O‘zbekiston tomonidan esa «O‘zgidromet» loyiha ijrochilari etib belgilandi. Grant Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Finlandiya O‘zbekistonni 2024 yilgacha mo‘ljallangan Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasi doirasidagi mintaqa mamlakatlari taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash siyosati sohasidagi ustuvor sheriklar ro‘yxatiga kiritdi. Finlandiya uchta asosiy yo‘nalish – qonun ustuvorligi, barqaror iqtisodiy rivojlanish va tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekani ta’kidlanmoqda. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga rejalashtirilgan umumiy ko‘mak miqdori qariyb 25 million yevroga teng.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q