Yuksak unvonlar muborak bo'lsin!

Saqlash
18:59 / 25.08.2021 1221 0

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan Respublika ma`naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining bir guruh a’zolari ham mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini taʼminlash borasidagi katta xizmatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlandi:

«O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi» faxriy unvoni

Karimov Kenes Aytmuratovich – Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi.

 «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni

Piyazov Jenisbek Burkitovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, opera xonandasi.

 «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni

Axmedov Muxammat-Ali – Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi, yozuvchi

Rizayev Shuxratulla Tursunovich – O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari.

 «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni

Mo‘minova Zulfiya Mardonovna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir.

 «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Ayapov Sharapatdin – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpog‘iston bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Muminov Tesha Xusainovich – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

 «Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdukunduzov Muxamadali – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Ismailova Shoxida Gaparovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori

Ulukova Muxtaram Mamatxanovna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Saidov Sirojiddin Saloxovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi.

«Do‘stlik» ordeni bilan

Xalbutayev Nadirjon Januzakovich – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari.

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Pardayeva Marhabo Davlatovna – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Buxoro viloyati bo‘limi rahbari.

 «Shuhrat» medali bilan

Abdirimov Bekzod Muratbayevich – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Xorazm viloyati bo‘limi rahbari

 

“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati jamoasi unvon bilan taqdirlangan barcha a’zolarini chin dildan muborakbot etadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//