Yoʻl oʻrtasida ovqatlangan yigitga chora koʻrildi

Saqlash
14:41 / 03.02.2022 864 0

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻlning qatnov qismini ajratib turuvchi bordyur ustida yosh yigitning ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Shayxontohur tumani Xadra MFY hududidagi yoʻlning qatnov qismidagi bordyur ustida ovqatlanganini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan yigit 2004-yilda tugʻilgan S.O. ekani aniqlangan. Voyaga yetmagan S.O. ushbu xatti-harakatlari bilan oʻzini va atrofdagi shaxslarning hayotini xavf ostiga qoʻyib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan.

 

Mazkur holat yuzasidan S.O. bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, uning onasiga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”)ga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//