Ertaga Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻlishi maʼlum qilindi

Saqlash
21:35 / 02.02.2022 778 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi 3-fevral, payshanba kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.

 

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; choʻl hududlarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//