Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari katta miqdordagi pulni mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketmoqchi boʻlgan 5 nafar Qirgʻiziston fuqarocini qoʻlga oldi.
Mazkur holat yuzasidan Namangan va Andijon viloyatlarida DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar “Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatildi.
Tadbir davomida Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanining chegara oldi hududida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas avtomobili tekshirilganida, uning salonida 968 900 AQSH dollari borligi maʼlum boʻlgan. Pullar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tumandagi yogʻoch bozorida ushbu fuqaroni kutib turgan 1964-yilda tugʻilgan (muqaddam sudlangan) fuqaro ham ushlangan. Uning Damas avtomobilidan 672 206 AQSH dollari chiqqan.
“Bundan tashqari, Oʻzbekistonda vaqtincha roʻyxatdan oʻtib yashayotgan, ushbu jinoiy guruh yetakchisi, qirgʻizistonlik 1974-yilda tugʻilgan shaxs Toshkent shahrida, qolaversa, guruh aʼzolari boʻlmish 5 nafar Qirgʻiziston fuqarosi Andijon shahrida qoʻlga olindi”, — deyiladi xabarda.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 1 mln 641 ming 106 AQSH dollarining mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qoʻyilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q