Jamiyat
Andijon viloyati Asaka tuman hokimligi qishloq xoʻjaligi boʻlimiga qarashli boʻlgan Gʻ.Yoqubov massivi raisi N.S. 8 ming dollar pora olayotgan vaqtda qoʻlga olingan.
Maʼlum qilinishicha, Gʻ.Yoqubov massivi raisi N.S. fuqaro A.A.dan uning nomiga mazkur massivda joylashgan «Oqboʻyra agro» fermer xoʻjaligi yer maydonidan 30 sotix yer maydonini “Issiqxona” qurish uchun qishloq xoʻjaligi elektron xaritasini yaratib berish, keyinchalik ushbu yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 15.000 (oʻn besh ming) AQSH dollari talab qilgan.
1-fevral kuni fuqaro A.A.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs talab qilgan poraning 8 ming dollarini “Asaka dehqon bozori” MCHJ avtoturargohida oʻzining avtomashinasida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q