Jamiyat
3 nafar texnik xizmat koʻrsatish markazi xodimi boshqalar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini oʻz nomlariga roʻyxatdan oʻtkazish orqali 11 mlrd soʻmlik keshbekni noqonuniy qoʻlga kiritgan. Bu haqida Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan 281 ta tadbirkorlik subyektining 11 mlrd soʻmlik 15,9 mingta xarid cheki roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Xususan, TXKM xodimlari:
Q.N. tomonidan 178 ta tadbirkorning 7 524 ta 5,8 mlrd soʻmlik;
Q.A. tomonidan 80 ta tadbirkorning 5 206 ta 4,6 mlrd soʻmlik;
R.F. tomonidan 23 ta tadbirkorning 3 131 ta 0,6 mlrd soʻmlik cheklarini “Soliq” mobil ilovasida QR-kod orqali roʻyxatdan oʻtkazgan.
Shu sabab “Soliq” mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan roʻyxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
112145
Jamiyat
94828
Jamiyat
90884
Jamiyat
75675
Jamiyat
//
Izoh yo‘q