Jamiyat
“Oʻzgidromet” 2022-yilning fevrali qanday ob-havo bilan oʻtishini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu oy nisbatan iliq ob-havo bilan boshlandi. Oyning birinchi 10 kunligida kechalari harorat 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunduz kunlari harorat 6-8 daraja iliqdan 12-14 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi.
5-fevralda shimolda, 6-fevralda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda birinchi 10 kunlikning eng oxirida ham biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.
Keyinchalik Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asoslangan holda, “Oʻzgidromet”ning dastlabki bahosiga koʻra, havo harorati kechalari 0-5 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi. Hududlarning katta qismida yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik meʼyordan kam boʻlishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q