Jahon
Turkiyaning ommabop tv100.com veb-saytida taniqli turk tarixchisi, professor Ilber O‘rtaylining sarlavhasi «Ko‘rmasdan, ketmang» ma’nosini anglatadigan maqolasi e’lon qilindi.
Muallif o‘quvchilarga inson umri davomida borib ko‘rishi shart, deb hisoblagan dunyodagi beshta shahar haqida ma’lumot bergan. E’tiborlisi, turk tarixchisi bu ro‘yxatga O‘zbekistonning ikki shahri – Samarqand va Buxoroni kiritgan.
“Shaharning muhtasham inshootlari, muzeylari, masjid va madrasalari har qanday didi nozik sayyohni ham hayratga soladi, – deydi mutaxassis. – Ming yillar davomida forslar, arablar va turkiy qavmlar hukmronlik qilgan Samarqand bir necha o‘ziga xos madaniyatlar chorrahasini o‘zida mujassam etgan”.
Professor Ilber O‘rtayli Buxoro shahrini ham alohida e’tirof etgan: «O‘zbekistonning eng muhim madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroning har go‘shasidan tarix ufurib turadi. Makka va Quddusdan keyin eng muhim islom markazi sanalgan ushbu qadimiy kent me’moriy inshootlari, karvonsaroylari, masjid va madrasalari bilan ziyoratchilarni kutmoqda».
Sahifada Florensiya, Rim va Quddus shaharlari ham sayohat uchun tavsiya etilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q