Jamiyat
Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda asosiy yoʻnalishlar belgilandi.
Jumladan ehtiyojmand aholi qatlamlari zarur dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi.
2022-yildan boshlab:
yiliga bir marta 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan aholining salomatlik profili (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlik, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi va boshqalar) baholanadi;
40 yoshdan oshganlar yiliga kamida bir marta skrining tekshiruvlaridan oʻtkaziladi;
yurak-qon tomir kasalliklari aniqlanganlarning yagona elektron reyestri yuritiladi va reyestrdagi 200 mingdan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul beriladi;
ehtiyojga koʻra tuman (shahar) shifoxonalari koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan taʼminlanadi.
2023-yil 1-yanvargacha yurak-qon tomir kasalliklari xavf-stratifikatsiyasini baholash uchun mobil ilova yaratiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarida kardiologiya yoʻnalishida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bosqichma-bosqich 15 turdan 35 turgacha oshiriladi.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q