Jahon
O‘zbekistonliklarni Italiyaning qishloq xo‘jaligi sohasiga ishga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Agentlik rahbari Behzod Musayev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Italiya qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobridjida hamda Confagricoltura tashkiloti vitse-prezidenti Luka Brondelli ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Unda Migratsiya agentligi va Italiyaning Associazione Imprese Ortofrutticole (Meva-sabzavot korxonalari assotsiatsiyasi) tashkiloti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolangan.

Kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Italiyaga 3 oydan 9 oygacha bo‘lgan mavsumiy ishlarga jalb etiladi. Assotsiatsiya prezidenti Marko Salvi joriy yilda pilot loyiha doirasida 100 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirgan.
Qayd etilishicha, mazkur assotsiatsiya Italiyada meva-sabzavot sohasidagi 35 dan ortiq yirik kompaniyalarni birlashtiradi va fermerlikdan tortib qayta ishlash, logistika hamda eksportgacha bo‘lgan to‘liq agrosanoat zanjirini qamrab oladi. Assotsiatsiya yetishtiruvchi asosiy mahsulotlari qatoriga olma, kivi, anor va qulupnay kiradi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112160
Jamiyat
94844
Jamiyat
90914
Jamiyat
75698
Jamiyat
//
Izoh yo‘q