Jamiyat
Oʻzbekistonda 2022-yilning 25-yanvar holatiga koʻra, is gazi bilan bogʻliq 16 ta holat qayd etilgan. Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan FVV, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida aytib oʻtildi.
Qayd etilishicha, 16 ta holatda 9 nafar fuqaro zaharlanib, 28 nafari vafot etgan. 2021-yilda is gazi bilan bogʻliq jami 74 ta holat aniqlangan. Ularda 67 nafar fuqaro zaharlangan va 128 nafar fuqaro vafot etgan.
Tahlillarga koʻra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga koʻra yuzaga kelmoqda:
fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilgʻi (koʻmir, oʻtin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
nostandart (qoʻlbola yasalgan) yoki sertifikatga ega boʻlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
isitish pechlarining dudburonlarini notoʻgʻri oʻrnatish;
gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʻiga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (koʻmir va oʻtin choʻgʻlari)dan foydalanish;
havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (toʻsib) qoʻyish shular jumlasidan.
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q