Jamiyat
28−29-yanvar kunlari Eron hududlaridan nam va salqin havo massasi Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali Oʻzbekiston hududiga kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi "Oʻzgidromet".
Bu vaqtda mamlakat boʻylab kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda: 28-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Toshkent, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 17−22 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida ham holat shu tarzda, biroq bu hududlarning ayrim tumanlarida shamol tezligi 25− 28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
29-yanvar, shanba kuni Surxondaryo, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol 17−22 m/s gacha esishi mumkin.
Shu kunlar ichida Oʻzbekiston boʻylab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim tumanlarda bu qorga aylanishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda ham yomgʻir va qor yogʻishi kuchayishi aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111600
Jamiyat
94637
Jamiyat
90623
Jamiyat
75094
Jamiyat
//
Izoh yo‘q