Tomdi tumanida mahalla kutubxonalari tashkil etiladi

Saqlash
20:56 / 26.01.2022 1040 0

Prezident bugungi videoselektor yig‘ilishida ma’naviyatning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni masalasiga to‘xtaldi.

 

«Ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shuncha kuchli bo‘ladi», dedi davlatimiz rahbari.

 

Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi bo‘yicha Prezident mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish kerakligini ta’kidladi.

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining viloyat bo‘limlari binosida kutubxonalar barpo etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Chekka tumanlar aholisiga ziyo tarqatish maqsadida amaliy harakatlar olib borilmoqda.

 

Jumladan, 26-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  vakili M. Qahhorova hamda Navoiy viloyat bo‘limi rahbari A. Muqimov Tomdi tumanida bo‘lib, barcha mahallalarda "Mahalla kutubxonasi" tashkil etish bo‘yicha taklif bildirdi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat tuman kengashi raisi Q. Aldaberginov bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va loyiha doirasida barcha mahallalarda kutubxona tashkil etish uchun 70 million so‘m miqdorida pul mablag‘i ajratilishiga kelishib olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//