Siyosat
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqib, takomillashtiriladi. Bu haqida Prezident ayni paytda davom etayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.
Shavkat Mirziyoyev “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” doirasida amalga oshiriladigan ishlarimiz va ularning natijasini aholining barcha qatlami va xorijiy hamkorlarimizga toʻlaqonli shaklda, sodda va tushunarli tilda yetkazib borish zarurligini taʼkidladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga dasturning joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish boʻyicha onlayn portalni ishga tushirish vazifasi topshirildi.
Shu bilan birga, dastur ijrosining monitoringi, aholining bu boradagi fikr va mulohazalarini qabul qilishning institutsional tizimi ham boʻlishi shart, deya taʼkidladi Prezident hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqib, takomillashtirish boʻyicha taklif kiritishni topshirdi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q