Siyosat
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 23-avgust kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Hakalani qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohalaridagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Bo‘lajak turli darajadagi ikki tomonlama va mintaqalararo tadbirlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
T.Hakala O‘zbekiston tomoniga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari va boshqa shaxslarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilish jarayonida har tomonlama yordam ko‘rsatayotgani uchun minnatdorlik bildirdi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q