Ma’naviyat xodimiga Prezident sovg‘asi topshirildi

Saqlash
10:30 / 26.01.2022 1103 0

Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Konimex tumanidagi "Ma’naviyat maskani”da Respublika ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Munira Qahhorova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ilmiy xodimi Hayot Nurullayev, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Akram Muqimov hamda tuman hokimi Muratxan Egamqulov ishtirokida yosh ma’naviyat targ‘ibotchilari va ixlosmandlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, axloqiy tarbiya masalalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining metodik ta’minotini takomillashtirish xususiyatlari, shuningdek, bu borada markaz tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar xususida so‘z bordi.

 

Tadbir avvalida tuman hokimi M.Egamqulov tomonidan tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Nurjan Tashtemirovga Prezident sovg‘asi sifatida "Neksiya-3" avtomobili tantanali tarzda topshirildi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari bilan qizg‘in muloqot tashkil etildi, ijodiy-madaniy mavzularda suhbat o‘tkazildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//