Jamiyat
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Kun.uz” saytida “Sabriya” mashmashasi: serialdagi behayo sahna mavzusi Firdavs Abduxoliqov shaxsiga ulanib ketdi» sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan maqola yuzasidan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi va affillanganlik holatlari boʻyicha oʻrganish oʻtkazilgan.
«Oʻrganish natijalariga koʻra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablagʻlarining taqsimlanishida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi holatlari aniqlandi.
Xususan, Kinematografiya agentligi direktori va bir vaqtning oʻzida subsidiya mablagʻlarini taqsimlash boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega Badiiy kengash raisi – F.Abduxolikov subsidiya mablagʻlarining taqsimlanishi va kontragentni tanlash jarayonida yaqin qarindoshlari benefitsiar boʻlgan (taʼsischilari: Sharapova F.S. - F.Abduxalikovning turmush oʻrtogʻi 70%, Rashidova A.F. - F.Abduxalikovning qizi 20%, Abduxolikov A.F. - F.Abduxalikovning oʻgʻli - 10%) “Master Media Production and Broadcast” MCHJ bilan manfaatlar toʻqnashuviga ega boʻlsada, bu holatni bartaraf qilish choralarini koʻrmasdan, mazkur jamiyat manfaatlarini yoqlab ovoz berishda va qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etgan.
Masalan, 2021-yilning oʻzida Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida “Sevimli” telekanali (“Master Media Production and Broadcast” MCHJ) ishtirokida “Orzular palatasi” va “Tuzoq” seriallari suratga olingan.
Jumladan, 2021-yilning 22-fevral kuni Kinematografiya agentligi, “Master Media Production and Broadcast” MCHJ hamda “MY-FILMS” MCHJ oʻrtasida “Orzular palatasi” milliy serialini suratga olish maqsadida qiymati 3,0 mlrd.soʻmlik shartnoma imzolanib, Kinematografiya agentligi tomonidan 1,5 mlrd soʻm pul mablagʻlari “MY-FILMS" MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib berilgan.
Bundan tashqari, Kinematografiya agentligi hamda “Master Media Production and Broadcast” MCHJ oʻrtasida “Tuzoq” milliy serialini suratga olish uchun 2021-yilning 18-may kuni jami qiymati 1,8 mlrd.soʻmlik ikki tomonlama shartnoma (dxarid.uz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma orqali) imzolangan va 1,8 mlrd soʻm pul mablagʻlari jamiyat hisob raqamiga oʻtkazib berilgan.
Shunga koʻra, mazkur holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F.Abduxolikov yaqin qarindoshlari taʼsischiligidagi MCHJning manfaatlarini koʻzlab, davlat byudjetidan juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarining ajratilishiga erishib, qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan», deyiladi xabarda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q