Madaniyat
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan "Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Bahs» qisqa metrajli filmi Yaponiyada bo‘lib o‘tgan ISCA xalqaro festivalining Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritdi.
Film ahmoqona tortishuv haqida hikoya qiladi. Ba’zida insonlar haqligini isbotlashga urinib, o‘z yaqinlarini qanday xafa qilib qo‘yganliklarini bilmay qoladilar. Erishilgan bugungi g‘alaba hayot sarhisob qilinganidan keyin o‘z qiymatini yo‘qotadi. Filmning asosiy g‘oyasi shundaki, yaqin insonlar shubhali g‘alabalardan ko‘ra muhimroqdir.
«Bahs» dramasida bosh rollarni O‘lmasjon Soriyev, Madina Odilova, Mahmud Ismoilov, Malika Ibragimova, Azamat Xasanboyev, Shuhrat Xo‘jayev ijro etishgan. Ssenariy muallifi va rejissyor Gulnora Ivanova, operator Abdulaziz Asatullayev, postanovkachi rassom Behzod Alimardonov, bastakor Marat Shunkar, grimer Mavjuda Yoqubova, kartina direktori Sharif Qosimboyev.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112148
Jamiyat
94834
Jamiyat
90890
Jamiyat
75684
Jamiyat
//
Izoh yo‘q