«Lazgi» hujjatli filmi qator xalqaro kinotanlovlar g‘olibi bo‘ldi

Saqlash
09:01 / 24.01.2022 731 0

Turizm va sport vazirligi qo‘llab quvvatlashi ostida yosh rejissyor Ixtiyor Baxtiyorov tomonidan tasvirga olingan «Lazgi» hujjatli filmi qator xalqaro tadbirlarda nufuzli mukofotlarga munosib ko‘rildi.

 

«Lazgi» hujjatli filmi Moskva shahrida har oyda bo‘lib o‘tadigan «Art Stream» kinofestivalida «Raqs haqidagi eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film» deya e’tirof etildi. Art Stream kinofestivali turli mamlakatlardagi barcha janrlarda faoliyat yurituvchi mustaqil kinematografistlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Shu bilan birga, «Lazgi» Londonda o‘tkaziladigan «Fifflondon» filmlar tanlovida «Tomoshabinlar tanloviga ko‘ra eng yaxshi film» sifatida tan olingan. Har oy mazkur tanlov hakamlar hay’ati yopiq namoyishlarda eng yaxshi badiiy, hujjatli va annimasion filmlar mualliflarini taqdirlaydi.

 

Butun dunyo kino ishlab chiqaruvchilarini e’tirof etishga bag‘ishlangan «Blackboard» xalqaro kinofestivali bo‘lib, unda «Lazgi» filmi «Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film» deya tan olindi.

 

Hindistonning eng yaxshi filmlarga bag‘ishlangan «Lift-Off Season Awards» tadbiri iste’dodli ijodkorlarning yuzlab filmlarini kashf qiladi. Ushbu festivalda O‘zbekistonning «Lazgi» filmi «Raqs haqidagi eng yaxshi filmlardan biri» sifatida tan olindi.

 

Bundan tashqari, «Orange Film Academy», Trissurdagi xalqaro kinofestival, Mediatadqiqotlar markazi, Syent-Tomas kolleji va Hindiston xalqaro folklor kinosi tomonidan tashkil etilgan «IFFT» (International Film Festival of Thrissour) taqdimotida «Lazgi» «Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film» deya e’tirof etildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish