Oʻzbekiston sanʼat arbobi Joʻra Mahmudov vafot etdi

Saqlash
14:10 / 24.01.2022 1149 0

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, professor, teatr rejissyori, pedagog Joʻra Mahmudov vafot etdi. Bu haqida Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlumot uchun, Joʻra Mahmudov 1942-yil Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1971–1975-yillarda Oʻsh, 1975–1978-yillarda Samarqand, 1983–1994-yillarda Sirdaryo teatrlarida bosh rejissyor, 1978–1983-yillarda televideniyeda, 1994–1997-yillarda Madaniyat ishlari vazirligida yetakchi mutaxassis, 1997–2002-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor boʻlib ishlagan.

 

U faoliyati davomida “Ona”, “Qiyomat qarz”, “Insonlikka nomzod”, “Ogʻriq tishlar”, “Soxta oqsuyak”, “Qayerdasan, jon bolam”, “Qirol Lir” va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan. Har bir spektaklning badiiy-gʻoyaviy yuksakligi, taʼsir kuchini oshirishda tasviriy musiqiy, texnik vositalardan unumli foydalangan.

 

Joʻra Mahmudov “Adolat kuni”, “Ovsinlar”, “Sadoqat” kabi sahna asarlari, “Osmondan tanga yoqqan kun”, “Tomchi”, “Alpomish”, “Ikkivoy va Beshvoy” kabi kichik tomoshabinlarga bagʻishlangan ertak-pesalar ham yozgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//