Ayrim toifadagi shifokorlarga ustama toʻlanadi

Saqlash
22:43 / 21.01.2022 960 0

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, ayrim toifadagi shifokorlarga ustama toʻlanadi.

 

Xususan,

 

 uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;

 

 uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;

 

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy maʼlumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;

 

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.

 

Oilaviy shifokor punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga – tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//