Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” farmoni eʼlon qilindi.
Farmonga koʻra, Respublikada mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etiladi.
Jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdori;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Shuningdek, 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma hisobidan subsidiya ajratiladi. Bunda:
mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan boʻlishi;
uskuna qiymatiga yetkazib berish hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlar xarajatlari kiritilmasligi;
loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud boʻlishi lozim.
b) boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini hamda tarkibida sunʼiy tola 80 foizdan yuqori boʻlgan ip-kalava ishlab chiqarish uskunalarini xarid qiluvchi korxonalarga boshlangʻich 15 foiz toʻlovni toʻlash uchun xorijiy valyutada 7 yil muddatgacha 3 yillik imtiyozli davr bilan mazkur farmonning 4-bandi 4-xatboshi boʻyicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan kredit ajratiladi;
v) boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga xorijiy valyutada 1 yil muddatgacha 9 oygacha imtiyozli davr bilan mazkur farmonning 4-bandi 4-xatboshi boʻyicha belgilanadigan depozit stavkasiga bankning 1 foizlik marjasini hisobga olgan holda 3 million AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan miqdorda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit ajratiladi;
g) boʻyalgan mato, boʻyalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarning kamida 80 foizini eksport qilgan korxonalarga:
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovini kechiktirish huquqi beriladi. Bunda, soliqni kechiktirish muddati tugaganidan soʻng soliq qarzi va hisoblangan foizlar kechiktirish muddatiga teng muddat mobaynida boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q