Jamiyat
O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berilishi mumkin. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Chegirma faqat davlat OTMlari uchun, kunduzgi ta’lim shaklida va bakalavriat bosqichida har o‘quv yilida bir marta qo‘llaniladi. Magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma dasturlar va super-kontrakt uchun amal qilmaydi. Imtiyozdan foydalanish uchun har yili onlayn ariza topshirish talab etiladi.
Chegirma berishda fuqarolarning huquq va manfaatlari ta’minlanadi hamda noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi. Ariza beruvchi pedagogning farzandi ekanligi yoki mazkur maqomdan chiqarilgani davlat oliy ta’lim tashkilotining tegishli axborot tizimi orqali yuborgan elektron so‘roviga asosan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron ma’lumotlar asosida tasdiqlanadi.
Talabgorlar mustaqil ravishda o‘zlari ta’lim oladigan OTMning rektori nomiga o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qo‘llanishi yuzasidan “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi” ( kontrakt.edu.uz ) orqali ariza yuboradi. Ya’ni chegirma 1 yillik shartnoma summasidan hisoblanadi, masalan, yillik shartnoma summasi 15 mln so‘m bo‘lsa, 4,5 mln so‘m chegirma beriladi va yillik summa 10,5 mln so‘mga tushadi.
Davlat OTMlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga chegirma joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni byudjet hisobidan qoplash 2026-yilda O‘zbekistonning respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa byudjet parametrlarida nazarda tutilmoqda.
Talabgorning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112292
Jamiyat
94968
Jamiyat
91089
Jamiyat
75853
Jamiyat
//
Izoh yo‘q