Jamiyat
Joriy yilning mart–aprel oylarida hududlarda 12 ming 697 nafar ishtirokchi orasida oilalarning baxtlilik darajasini o‘rganishga qaratilgan sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, tadqiqot davomida oilalarning iqtisodiy farovonligi, demografik barqarorligi, sog‘lom hayot kechirishi, ta’lim olish imkoniyatlari, ish bilan ta’minlanganligi, oilaviy hayotdan qoniqish darajasi, oilaviy qadriyatlarning o‘rni hamda davlat xizmatlaridan qoniqish kabi ko‘rsatkichlar o‘rganilgan.
Oilalarning baxtlilik indeksi –1 dan +1 gacha bo‘lgan oraliqda baholanadi. Metodikaga ko‘ra, +0,5 dan +1 gacha bo‘lgan natija “yuqori”, 0 dan +0,49 gacha bo‘lgan ko‘rsatkich esa “o‘rta” daraja hisoblanadi.
Natijalarga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston oilalarining umumiy baxtlilik indeksi 0,618 ballga yetgan. Bu esa mamlakatdagi oilalarning baxtlilik darajasi “yuqori” ekanini ko‘rsatmoqda.
So‘rov davomida oilalarning iqtisodiy farovonligi, ish bilan ta’minlanganligi, ta’lim olish imkoniyatlari, sog‘lom turmush darajasi, oilaviy qadriyatlar, davlat xizmatlaridan qoniqish hamda oilaviy hayotdan mamnunlik kabi yo‘nalishlar o‘rganilgan. Oilaviy qadriyatlar, demografik barqarorlik va oilaviy hayotdan qoniqish eng yuqori baholangan yo‘nalishlar qatoridan joy olgan.
Shuningdek, ta’lim olish imkoniyati, ish bilan ta’minlanganlik va davlat xizmatlaridan qoniqish ko‘rsatkichlarida ham so‘nggi yillarda o‘sish kuzatilgani qayd etilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112290
Jamiyat
94966
Jamiyat
91087
Jamiyat
75850
Jamiyat
//
Izoh yo‘q