O‘zbekistonning ilk milliy kosmonavti 2028-yilda fazoga uchadi

Saqlash
10:19 / 14.05.2026 108 0

O‘zbekistonning ilk milliy kosmonavti 2028-yil oktyabriga qadar fazoga uchirilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi direktorining o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov ma’lumot berdi.

 

Agentlik vakili aytishicha, parvoz 14 kun davom etadi. Hozirda inson ishtirokidagi kosmik parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega uchta davlat — AQSH, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha,, barcha tomonlar hamkorlikka tayyorligini bildirgan va o‘zbekistonlik kosmonavt fazodan ma’lum ilmiy tajriba natijalari bilan qaytishi rejalashtirilgan. Kosmonavtni tayyorlash uchun nomzodlarni saralash bilan shug‘ullanuvchi hukumat komissiyasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

Nomzodlar uchun quyidagi talablar belgilangan:

 

yoshi 27 dan 40 yoshgacha bo‘lishi;

oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

bo‘yi 160 santimetrdan 190 santimetrgacha bo‘lishi;

vazni 50 kilogrammdan 95 kilogrammgacha bo‘lishi;

xorijiy tillarni bilishi.

 

Tanlov jarayoni umumxalq dasturi shaklida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Maxsus davlat komissiyasi tuzilib, kosmonavtlarni tanlash, tayyorlash va parvoz masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

Rejaga ko‘ra, milliy fazogir 10–14 kunlik qisqa muddatli parvozga tayyorlanadi. Parvoz aniq ilmiy dastur bilan bog‘lanib, tibbiyot, biologiya, genetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda tajribalar o‘tkazilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//