Jamiyat
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi aholini qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblariga amal qilishga chaqirdi.
“Muqaddas dinimizda marhumlarga hurmat ko‘rsatish, ularni yaxshi xotiralar bilan eslash va qabrlarini ziyorat qilishga targ‘ib etilgan. Ushbu xayrli amalda ziyorat qiluvchiga ham, ziyorat qilinuvchiga ham ko‘plab foydalar bor. Ziyorat qilinayotgan marhumning ruhi tilovati Qur’on, istig‘for va duolar bilan shod bo‘ladi. Ziyorat qiluvchi esa bundan ibrat oladi – oxirat haqida tafakkur qiladi”, deyiladi murojaatda.
Qabr ziyorati insonni dunyoga haddan ortiq berilmaslikka, manmanlik va g‘ururdan saqlanishga hamda yaxshi amallar qilishga undaydi. Dinimizda ziyorat amalidan ko‘zlangan maqsad – dunyoning foniyligi, o‘lim va oxiratning haq ekanini eslatishdir. Shu bois, qabristonlar doimo pok, tartibli va obod bo‘lishi lozim. Chunki inson bu maskandan ruhiy yengillik va taskin topib chiqishi kerak.
“Muhtaram yurtdoshlar!
Bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri – qabristonlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini doimiy ravishda yo‘lga qo‘yishdir”, deyiladi murojaatda.
Ta’kidlanishicha, ayrim joylarda qabristonlarning qarovsiz qolishi, qurib qolgan o‘t-o‘lanlarning tozalanmasligi, qabrlar orasidagi yo‘laklarning yo‘qligi yoki ta’mirtalab holatga kelib qolgani kabi kamchiliklar uchramoqda.
Bunday holatlar marhumlar xotirasiga nisbatan befarqlik va tiriklarning o‘tganlar oldidagi burchini to‘liq ado etmaslik sifatida baholanadi.
Musulmonlar idorasi qabristonlarni faqat ma’lum kunlarda emas, balki toza va obod saqlash hayot tarziga aylanishi zarurligini aytib, bu xayrli ishda barchani fidoyilikka chorlamoqda.
“Aziz mo‘min-musulmonlar!
Ziyoratchi qabristonga kirishda o‘zi pok bo‘lishi, qabr ahllariga salom berib, ularning haqqiga duolar qilishi, qabr tepasiga kelganda esa unga yuzlanib, tilovat qilishi odobdandir. Ziyorat asnosida qabrlar ustini bosmaslik, belgilangan yo‘laklardan yurish lozim. Zero, qabr ustini oyoqlari bilan toptash gunoh hisoblanib, hadislarda bundan qat’iy qaytarilgan.
Aksincha, duo va istig‘for aytish, Qur’on tilovat qilib savobini bag‘ishlash, o‘tganlar nomidan sadaqa va xayriyalar qilish marhumlarga manfaat yetkazadigan amallardan ekanini hech qachon unutmasligimiz lozim!” deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi murojaatida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112251
Jamiyat
94931
Jamiyat
91035
Jamiyat
75808
Jamiyat
//
Izoh yo‘q