Siyosat
O‘zbekistonda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani my.gov.uz orqali onlayn olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib, hech qanday hujjat talab etmaydi.
Ma’lumotnoma portalda shakllanishi uchun esa fuqaro avval tegishli tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Shifokorlar xulosasi bazaga kiritilgach, hujjatni masofadan turib olish mumkin bo‘ladi.
086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma:
- OTМ, litsey va kollejlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar;
- Sportchilar va ishga kiruvchi nomzodlar;
- Sudyalik lavozimiga tayinlanadiganlar;
- “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga yo‘llanma oluvchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar kabi toifadagi fuqarolarga taqdim etilib, bugunga qadar uni olish uchun shifoxonaga qayta borish va navbatlarda turish talab etilardi.
Endilikda ma’lumotnomani quyidagi tartibda onlayn yuklab olish mumkin:
- my.gov.uz portaliga kiriladi
- Sog‘liqni saqlash” bo‘limidan “086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish” xizmatini tanlab, hujjat yuklab olinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
112391
Jamiyat
95052
Jamiyat
91255
Jamiyat
75962
Jamiyat
//
Izoh yo‘q