Poytaxtdagi muammoli drenaj tizimi tiklanib, yangi tarmoqlar quriladi

Saqlash
09:57 / 05.05.2026 25 0

3-may kuni Toshkent shahrida kuchli yomgʻir tufayli poytaxtning bir nechta hududida, shuningdek, “Chorsu” metro bekatining yerosti oʻtish yoʻllari va metro atrofini suv bosgan edi. Bunga irrigatsiya-drenaj tarmoqlarining yopilishi asosiy sabab boʻlgan.

 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilinishicha, hozirda drenaj tizimini tiklash ishlari olib borilmoqda. Drenaj va kollektor tizimlari boshqarmasi muhandisi Farhod Najmiddinovga koʻra, mazkur tarmoqlar oʻzboshimchalik bilan yopib qoʻyilgan boʻlib, avtoturargohlar, yoʻllar qurib olingan va shu sababli drenaj tarmoqlari toʻsilib qolgan. Mutaxassis ilgari bunday muammo boʻlmagani, chunki irrigatsiya tarmoqlari normal holatda boʻlganligini ta'kidlaydi.

 

Toshkentdagi drenaj tizimi sutkasiga 20 mm (yogʻingarchilikka) moʻljallangan boʻlib, kuni kecha yogʻgan ikki soatli yomgʻir 12 mm.ni tashkil qilgan. Hozirda ”master plani“ ishlab chiqilgan. Unda tizim 36 mm.ga moʻljallangan boʻlib, shunday holatlarni oldini olishga qaratilgan”, deydi mutaxassis.

 

Unga koʻra, shahar hokimi vaziyatni oʻrganib, drenaj tizimini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar bergan. Hozirda jarayonga maxsus texnikalar jalb qilingan boʻlib, irrigatsiya tarmoqlari ochiladi va yangi tarmoqlar quriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//