Prezident ikkita viloyat hokimiga hayfsan berdi

Saqlash
23:04 / 20.01.2022 883 0

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish borasida 2022-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

 

Davlatimiz rahbari davlat aktivlarini xususiylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar surʼati qoniqarsiz ekanini taʼkidladi.

 

Joriy yilda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushishi prognoz qilinayotgan mablagʻlar koʻrsatkichi juda kamligi, tarmoq va hududlarda hanuzgacha 2 mingta samarasiz ishlatilayotgan davlat mulki obyektlari mavjudligi keskin tanqid qilindi.

 

Viloyat hokimliklari balansida ham yillar davomida 170 ga yaqin boʻsh obyektlar sotilmasdan turibdi.

 

Shuning uchun Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayev va Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga xususiylashtirish ishlarini sust tashkil etgani uchun hayfsan eʼlon qilindi.

 

Shuningdek, Davlat aktivlari agentligining Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlari boshqarma boshliqlarini ishdan olish, transformatsiya va xususiylashtirish ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygani uchun «Oʻzagroservis» jamiyati raisi R.Xayitovga hayfsan eʼlon qilishga koʻrsatma berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//