Jamiyat
O‘zbek adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni beqiyos. Bu zaminda 300 dan ziyod shoir va adib yashab, ijod qilgan.
Shunday adiblarni yetishtirgan Qo‘qon UNESCOning “Adabiyot shahri” maqomini olishga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligacha tizimli o‘rganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etildi
Shu bois, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi.
Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi. Shuning uchun bu yil viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.
Prezidentimiz “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o‘tkazish, ushbu tadbirga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusini bildirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112336
Jamiyat
95007
Jamiyat
91160
Jamiyat
75893
Jamiyat
//
Izoh yo‘q