Prezident “Quva Agrostar” agromajmuasi tajribasini eʼtirof etdi

Saqlash
12:59 / 28.04.2026 17 0

Prezident yig‘ilishda “Quva Agrostar” agromajmuasi tajribasini qayd etdi. Bu yerda kooperatsiya asosida tomorqa va dehqon xo‘jaliklariga kichik sexlar qurib berish reja qilingan.

 

Bunda agromajmua dehqonlarni o‘qitib, ularga in-vitro laboratoriyada yetishtirgan ko‘chatlarni tarqatadi, tayyor mahsulot eksportiga ko‘maklashadi, dehqonlar esa meva-sabzavot yetishtirib, qayta ishlab, bozorga tayyor qilib beradi.

 

Mana shunday yondashuvlarni barcha tumandagi tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida joriy qilish, hududdagi jami 5,5 ming gektar eskirgan bog‘larni to‘liq yangilash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday loyihalar uchun uskuna va laboratoriyalarni sotib olishga arzon kredit liniyasi ochiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//