Jamiyat
So‘nggi yillarda Farg‘onada IT xizmatlari 4 karra o‘sdi, eksport 23 million dollardan oshdi. Bu haqda Prezident boshchiligida o‘tkazilayotgan Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yog‘ilishda qayd etildi.
Bu yil Farg‘ona shahrida jami maydoni 30 ming kvadrat metr bo‘lgan IT-Park ishga tushirildi. Yaqinda Quvadagi 1-sonli texnikumda “IT-klasteri” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur klasterda yiliga 100 nafar yoshlar dasturlash, robototexnika, grafik dizayn va xorijiy tilga o‘qitiladi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan Quva tajribasi asosida yana 16 ta tumanda 1 tadan texnikumda bunday kadrlar tayyorlashni boshlash topshirildi.
Farg‘ona shahrida IT-Park universiteti, Marg‘ilonda INHA universitetining filiali ochilib, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy muhandislik yo‘nalishlarida yiliga 1 ming nafar talabani o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112201
Jamiyat
94880
Jamiyat
90965
Jamiyat
75746
Jamiyat
//
Izoh yo‘q