Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda Farg‘ona viloyati davlat idoralari, sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiya, raqamli yechimlar va sun’iy intellektni keng joriy etish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
“Besh million sun’iy intellekt yetakchisi” dasturi bo‘yicha sertifikat olgan eng ko‘p yoshlar Farg‘onaga to‘g‘ri keladi.
“Mana shunday yoshlarimiz buyuk ajdodimiz Al-Farg‘oniy bobomizning munosib davomchilari bo‘ladi deb ishonaman”, – dedi Prezident.
Viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, 19 ta tuman hokimi bunday iqtidorli yoshlarni yoniga olib, davlat idoralaridagi har bir xizmatni, har bir jarayonni raqamlashtirib, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratishi zarurligi qayd etildi.
Mahallalarning ustunliklarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, ish o‘rni, qo‘shilgan qiymat, aholi daromadini ko‘paytiradigan loyihalar ishlab chiqilsa, startap klub tashkil qilinib, yangi kreativ g‘oyalar hayotga tezroq joriy etilsa, viloyat iqtisodiyotida “katta sakrash”, odamlar hayotida tub burilish bo‘lishi ta’kidlandi.
Masalan, Yozyovon tumani sanoat bo‘yicha viloyatda 18-o‘rinda, eksport va servisda 17-, qishloq xo‘jaligida 15-o‘rinda turibdi. Bu yil tumanga tadbirkorlik infratuzilmasi uchun budjetdan 30 milliard so‘m berilmoqda, birinchi chorakda tumanda yana 5,5 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ qoldi.
Yozyovondagi imkoniyatlar sun’iy intellekt yordamida o‘rganilganda vodiy markazida joylashgan, xomashyo resursi cheklangan mazkur tumanda asosiy e’tiborni logistikaga qaratish kerakligi ma’lum bo‘ldi. A-373 magistral yo‘lning Yozyovondan o‘tgan 35 kilometr qismidan kuniga 30 ming transport qatnaydi. Tumanda logistika markazlari va yirik omborlar ko‘paysa, yo‘l bo‘yida mehmonxona, yoqilg‘i shoxobchasi va ovqatlanish joylariga talab 2 karra oshadi.
Tuman hokimiga logistikani tumanning “drayveri”ga aylantirish orqali servis, sanoat va qishloq xo‘jaligini ham rivojlantirish, tuman iqtisodiyotidagi aylanmani yana 1 trillion so‘mga oshirish topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112201
Jamiyat
94880
Jamiyat
90965
Jamiyat
75746
Jamiyat
//
Izoh yo‘q