Madaniyat
Xivaning “Ichan-Qal’a” majmuasida “Lazgi” III xalqaro raqs festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining festival ishtirokchilariga bayram tabrigi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan rasman o‘qib eshittirdi.

Siz, azizlarni Jayhun sohilida, Sharq gavhari boʻlmish koʻhna Xiva shahrida oʻtkazilayotgan musiqa va sanʼat bayrami – “Lazgi” III xalqaro raqs festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, UNESCO, TURKSOY kabi nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillariga, xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, taniqli sanʼat arboblari, olim va mutaxassislarga, barcha ishtirokchilarga oʻzimning chuqur hurmatimni izhor etaman.

Ushbu anjumanga mezbonlik qilayotgan qadimiy va betakror Xorazm ahlini alohida qutlab, ezgu tilaklarimni bildiraman”, deyiladi tabrikda.
Prezident tabrigida so’nggi yillarda san’at va madaniyat rivojiga berilayotgan ustuvor ahamiyat haqida alohida to’xtalib o’tildi.

“Xususan, milliy raqs sanʼatini yuksaltirish, sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xoreografiya sohasida zamonaviy taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyilgani, mashhur “Bahor” ansambli faoliyati qayta tiklangani, “Lazgi” ansambli va boshqa ijodiy jamoalar qoʻllab-quvvatlanayotganini taʼkidlash lozim”, deyiladi unda.

Shundan so’ng festivalning tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Eslatib o'tamiz, festival doirasida xalqaro raqs tanlovi, ilmiy-amaliy konfrensiya, “Etnomadaniyat forumi – Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati, san’ati va ijodiyoti forumi bo'lib o'tmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112201
Jamiyat
94880
Jamiyat
90965
Jamiyat
75746
Jamiyat
//
Izoh yo‘q