Farg‘onada meva-sabzavot eksporti 3 karra ko‘payib, 400 million dollarga yetdi

Saqlash
12:18 / 28.04.2026 28 0

Bugun, 28-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

 

 

Yig‘ilishda viloyatda 15 ming gektar sanoatlashgan bog‘ va tokzor yaratildi, yana 6 ming gektari yangilangani qayd etilib, bugun ishning ko‘zini bilgan bog‘bonlar gektaridan 500 million so‘mgacha daromad olayotgani ta'kidlandi.

 

Meva-sabzavot eksporti 3 karra ko‘payib, 400 million dollarga yetdi. Bu respublikada eng yaxshi ko‘rsatkich. Farg‘ona, So‘x, Quva tumanlari, Marg‘ilon va Qo‘qon shahrida turizm jadal o‘smoqda. To‘qqiz yilda 3 ming o‘rinli mehmonxona va mehmon uylari ishga tushdi. O‘tgan yili xorijiy turistlar ilk bor 500 mingdan, mahalliy sayyohlar esa 3 milliondan oshdi. Turizm eksporti 185 million dollarga yetdi.

 

“Farg‘ona ahli bizdan yanada katta natija kutyapti”, – deydi Prezident.

 

Joriy yil Farg‘ona viloyati rahbariyati oldida iqtisodiyotni 9,1 foizga, sanoatni 9 foizga o‘stirish, 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 2 karra ko‘paytirib, 2 milliard dollarga yetkazish vazifalari turgani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//