“Adiblar xiyoboni” kitob-albomining taqdimoti oʻtkazildi

Saqlash
17:01 / 20.01.2022 1498 0

20-yanvar kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan “Adiblar xiyoboni” kitob-albomining taqdimoti oʻtkazildi.

 

Ushbu kitob-albomidan davlatimiz rahbarining 2020-yil 20-may kuni Adiblar xiyoboniga qilgan tashrifidan lavhalar, tegishli qarorlar, xiyobonni toʻliq aks ettiruvchi suratlar, unda oʻtkazilgan tadbirlardan lavhalar, haykallari oʻrnatilgan adiblarning ijodiga oid maʼlumotlar, ularning fotosuratlari, qoʻlyozmalari tasviri, misralaridan namunalar, adiblar haqida oʻzbek va dunyo adabiyoti namoyondalarining eʼtiroflari hamda sheʼrlari, zamonamiz ijodkorlarining mamlakatimizda olib borilayotgan adabiy islohotlar va xiyobon toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalari joy olgan.

 

Albomni tayyorlash jarayonida OʻzA, “Oʻzarxiv” agentligi, “Yoshlik” jurnali, Milliy kutubxona va boshqa ijodiy-maʼrifiy tashkilotlarda saqlanayotgan hujjat, foto materiallardan foydalanildi.

 

Kitob-albom tayyorlanishida bir guruh ijodkorlar ishtirok etdi. Loyihaga Oʻzbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid rahbarlik qildi.

 

Ushbu kitob-albom 1000 nusxada chop etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish