Iqtisod
2024-yilda Oʻzbekistonda 200 ming soʻmlik kupyurani muomalaga chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytilgan.
“Yaxshi himoyalangan bir tizim orqali ikkinchi seriyasini chiqarishni boshladik. Pul-kredit naqd pul bu qonuniyatlar mamlakatda shakllangan oʻrtacha ish haqidan kelib chiqib banklarni bank notalari strukturasini belgilanadi. Biz 2024-yilda 200 ming soʻmlik chiqarishni rejalashtirganmiz. Shu bilan birga, muomaladagi naqd pulni optimallashtirish jarayonini ham amalga oshiryapmiz”, – deydi Mamarizo Nurmurotov.
U birinchi marta 2017-yilda 50 ming soʻmlik chiqarilganini eslab oʻtib, oʻsha vaqtda muomaladagi naqd pullar soni don boshiga, yaʼni har bir shaxs qoʻlida 489 dona naqd pul bor ekanligini eslab oʻtdi.
“Bugungi kunga kelib. Bu ikki barobarga tushdi. Maqsadimiz bank notalari strukturasini oʻzgartirib naqd pulni odamlar uchun qulay toʻlov vositasiga aylantirish”, – deya qoʻshimcha qiladi u.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q