Jamiyat
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, kam taʼminlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, kam taʼminlangan shaxslar, agar ular muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganda davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligi belgilandi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi soʻrov “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan, Konstitutsiyaviy sudga shikoyat bilan murojaat etgan fuqaroning iltimosiga koʻra Konstitutsiyaviy sud tomonidan yuboriladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112427
Jamiyat
95085
Jamiyat
91303
Jamiyat
76003
Jamiyat
//
Izoh yo‘q