Jamiyat
20-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi – yoshlarga oid qabul qilinayotgan birinchi yaxlit strategiya loyihasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Strategiyani 2026-2027-yillarda amalga oshirish doirasida 7 ta yoʻnalish boʻyicha 56 ta loyiha amalga oshiriladi. Quyida Strategiyada koʻzda tutilgan eng muhim qarorlar sanab oʻtiladi:
1. 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;
2. 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);
3. Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi;
4. Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi;
5. Har yili kamida 10 mingta yosh oila imtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;
6. Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi;
7. Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi;
8. “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi;
9. Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;
10. “TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;
11. Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
12. “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;
13. Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha);
14. Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;
15. Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;
16. Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
17. Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi;
18. Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;
19. Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi;
20. Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;
21. Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;
22. Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi;
23. Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;
24. Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi;
25. Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;
26. Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
27. Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;
28. Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;
29. Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi;
30. Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi;
31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
32. Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
112166
Jamiyat
94848
Jamiyat
90918
Jamiyat
75705
Jamiyat
//
Izoh yo‘q