Ilm-fan
Hozirda Oʻzbekistondagi 26 ta oliy taʻlim muassasasi dotatsiyada oʻtiribdi va ularni saqlab qolish uchun kontrakt masalasini qayta koʻrib chiqish kerak, degan oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov gapirgan. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar berdi.
“Avvalgi tizimda har ish haqi, pensiya va nafaqalar oshganida kontrakt miqdori ham oshardi. Ammo hurmatli prezidentimiz talabalar koʻproq oʻqisin, oʻz ustida ishlasin, degan maqsadda, yaʻni imkoniyat yaratish nuqtayi nazaridan toʻrt yildan beri kontraktning oshishiga ruxsat bermayapti”, – deydi u.
Sharipovning soʻzlariga koʻra, talabalar orasida yiliga 6 million soʻm kontrakt toʻlaydiganlar ham bor. Ularning bir yillik xarajati esa 14 million soʻmni tashkil etadi.
“Aslida bugungi kunda kontraktlar ustiga yana 88 foiz qoʻshilishi kerak edi. Hozirda 26 ta oliy taʻlim muassasasi dotatsiyada oʻtiribdi. Ayrim yoʻnalishlarda oʻqiydigan talabalar yiliga 6 million soʻm kontrakt toʻlaydi. Lekin ularning bir nafarini yillik xarajati 14 million soʻmni tashkil etadi. Qolgan 8 million soʻmini esa super-kontraktda oʻqiydigan yigit-qizlar hisobidan yopyapmiz. Buni yashirish kerak emas”, – deydi vazir.
“Eʻtibor bersanglar, super-kontraktda oʻqishni istaydiganlar soni ham yildan-yilga kamayib boryapti. Chunki oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida raqobat kuchayib ketdi. Xususiy universitetlar orasida ham yaxshi taʻlim berayotganlari bor, hammasi yomon deyish notoʻgʻri. Shu bois koʻplab yoshlar super-kontraktga kirgandan koʻra, xususiyda oʻqishni afzal bilmoqda”, – deya qoʻshimcha qildi u.
Kongratbay Sharipov joriy yil kontrakt miqdorlari 20 foizgacha oshishi haqida tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga nisbatan ham munosabat bildirdi.
“Har bir oliy taʻlim muassasasining xarajatlari, yaʻni qaysi biri koʻp daromad topyapti, qay biri dotatsiyada qolganini ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boryapmiz. Ammo biz hozir kontrakt miqdorining oshishi boʻyicha qaror qabul qilganimiz yoʻq. Bu kabi muhokamalar har yili boʻladi. Bu masala boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrgangan holda qaror qabul qilamiz. [Yangi oʻquv yilidan] kontrakt koʻtariladi yo koʻtarilmaydi, deya olmayman. Biz universitetlarni saqlab qolish kerak deydigan boʻlsak, buning ustida oʻylashimiz lozim”, – deya izoh berdi vazir.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112149
Jamiyat
94834
Jamiyat
90891
Jamiyat
75684
Jamiyat
//
Izoh yo‘q