Jamiyat
Markaziy bank “Ko‘chmas mulk bozori sharhi”ning 2025-yil 4-chorak yakuniga oid sharhida Toshkent shahri bo‘yicha gedonik tahlil natijalarini e’lon qildi.
Tahlilda joylashuv, maydon, qavat, qurilish materiali va ta’mir holati kabi omillar narxga qanday ta’sir qilishi o‘rganildi.
Tumanlar kesimida narx farqi
Shartli uyning bazaviy joylashish hududi sifatida Olmazor tumani tanlandi. Bir xil xususiyatga ega uy Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashishi uning narxini 2025 yilda 23,7 foizga qimmat bo‘lishiga xizmat qilgan bo‘lsa, Bektemir tumanida joylashgani 24,4 foizga arzonroq bo‘lishiga olib kelgan. Shuningdek, 2022-23 yillarda Olmazor tumaniga yondosh Yunusobod tumanida bir xil xususiyatli uyning narxi katta farq qilmagan bo‘lsa (0-3,5 foiz), 2025-yilga kelib narx tafovuti deyarli 10 foizga yetdi. Bu, o‘z navbatida, Yunusobod tumanidagi uy-joylarga talab o‘zgargani bilan izohlanishi mumkin.
Qurilish materiali va ta’mir holati
Panel uylar taqqoslashda asosiy toifa sifatida olingan. G‘ishtdan qurilgan uylar barcha yillarda 3–6 foiz qimmatroq baholangan. Monolit uylar narxi ham so‘nggi yillarda panel uylarga nisbatan oshib bormoqda.
Ta’mir holati ham sezilarli rol o‘ynaydi: 2024-yilda yangi ta’mirlangan xonadonlar o‘rtacha ta’mirdagi uylarga nisbatan 7–8 foiz qimmatroq sotilgan.
Birlamchi va ikkilamchi bozor
2022-yilda yangi binolardagi uylar ikkilamchi bozorga nisbatan 3–6 foiz arzonroq edi. 2025-yilda esa vaziyat o‘zgardi — birlamchi bozordagi uylar ikkilamchi bozordagiga nisbatan 3 foizga qimmatroq baholanmoqda.
Maydon va qavat
Maydon har 1 birlikka oshganda narx 0,1 foizga pasayishi kuzatilgan. Har bir qo‘shimcha qavat esa uy narxini 0,2–0,9 foizga kamaytiradi. Shuningdek, birinchi va oxirgi qavatdagi xonadonlar oraliq qavatdagilarga nisbatan arzonroq baholanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112131
Jamiyat
94815
Jamiyat
90864
Jamiyat
75658
Jamiyat
//
Izoh yo‘q