O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi

Saqlash
10:41 / 13.04.2026 60 0

O‘zgidromet 17-aprelgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, 14–17-aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi.

 

14-aprelda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 15–17-aprelda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.

 

O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25–28 m/s gacha kuchayadi, 14-15-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

15–17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin +13– +16 darajagacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//