Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar beriladi

Saqlash
09:35 / 13.04.2026 63 0

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining bir qator vakolatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi.

 

Bular:
✔️ bakalavriat va magistraturaga qabul natijalarini tasdiqlash;

 

✔️o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va ularni talabalikka qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishning so‘nggi muddatini belgilash;

 

✔️bir davlat oliygohidan boshqasiga talabalarning o‘qishini ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tavsiya berish;

 

✔️imtiyozga ega abituriyentlarni talabalikka tavsiya qilish;

 

✔️xorijiy davlatlar fuqarolari, jumladan, xorijdagi vatandoshlar uchun ajratilgan grant o‘rinlariga talabalikka tavsiya etish.

 

Ma’lumot uchun, bundan faqat Prezident hujjatlari bilan oliy ta’lim tashkilotlariga mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan hollar mustasno.

 

Shu bilan birga, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab:

▪️davlat oliygohlarining rektori (xorijiy oliygoh filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori)ni bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tavsiyasiga ko‘ra Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

 

▪️davlat oliygohining filiali direktorini oliy ta’lim tashkiloti rektorining tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

 

▪️davlat oliygohlari rektorlari (direktorlari)ga intizomiy choralar ko‘rish hamda prorektorlarni (direktor o‘rinbosarlarni) lavozimdan ozod etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;

 

▪️xorijiy va nodavlat oliygohlar tomonidan beriladigan o‘z namunasidagi diplom va uning ilovasida aks ettirilishi shart bo‘lgan ma’lumotlarning minimal talabini belgilash;

 

▪️magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda talab etiladigan xorijiy til sertifikati darajalarini belgilash.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//