Jamiyat
Joriy yilning 9-aprelida Hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom intellektual faoliyat bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish, o‘tkazish, tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarini taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga ko‘ra, tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etiladi:
▫️ “Eng yaxshi ixtiro”;
▫️ “Eng yaxshi foydali model”;
▫️ “Eng yaxshi sanoat namunasi”;
▫️ “Eng yaxshi elektron hisoblash mashinasi uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi”;
▫️ “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”.
Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
➖ 1-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
➖ 2-bosqich – respublika miqyosida.
Tashkilotchi har yili 1 mayga qadar tanlov shartlari va baholash mezonlarini tasdiqlaydi hamda o‘z rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlovni e’lon qiladi.
Tanlovning 2-bosqichi g‘olib va sovrindorlari BHMning quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
▫️ 1-o‘rin egalariga – 150 baravari;
▫️ 2-o‘rin egalariga – 125 baravari;
▫️ 3-o‘rin egalariga – 100 baravari.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112127
Jamiyat
94813
Jamiyat
90862
Jamiyat
75657
Jamiyat
//
Izoh yo‘q