Jamiyat
Navoiy shahridagi xususiy bog‘chada qaramog‘ida bo‘lgan bolani kaltaklagan 23 yoshli tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 7-aprel kuni shaharning Yangiariq mahallasida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan. 23 yoshli tarbiyachi E.N. qaramog‘idagi bolalarni tartibga solish bahonasida doimiy ravishda kaltaklagan.
Tekshiruvlarga ko‘ra, mart oyidan aprel oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida qaramog‘ida bo‘lgan bolalarni o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyati cheklanganligi va ojiz ahvolda ekanligidan foydalanib, do‘pposlash va zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan boshqa harakatlar bilan muttasil ravishda qiynab kelgan.
Holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi (Ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolalar ombudsmani ta'kidlashicha, mazkur voqeadan so‘ng ushbu xususiy bolalar bog‘chasi faoliyati to‘xtatilgan.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112320
Jamiyat
94992
Jamiyat
91116
Jamiyat
75881
Jamiyat
//
Izoh yo‘q