Ilm-fan
2026–2027 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish tartibi rasman tasdiqlandi. Yangi tartib doirasida davlat xizmati orqali qabul amalga oshiriladigan tuman va shaharlar soni 64 tadan 135 tagacha oshirildi. Bu esa xizmat qamrovining qariyb ikki barobar kengayganini anglatadi. Shu bilan birga, mazkur tizimga ulangan umumta’lim maktablari soni ham 1956 tadan 5689 taga yetkazildi.
Hukumat qaroriga muvofiq, 1-sinfga qabul qilishda ishtirok etuvchi tuman va shaharlar ro‘yxati alohida tasdiqlangan. Bu esa qabul jarayonini tizimli va shaffof tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.
Qabul jarayoni onlayn tarzda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz elektron platformalari orqali amalga oshiriladi. Bu orqali ota-onalar arizalarni masofadan turib topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Arizalarni qabul qilish ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda – 2026 yil 20-iyundan 31-iyulgacha – bolalar o‘zlariga biriktirilgan mikrohudud doirasida maktabga qabul qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa, 1-avgustdan 31-avgustga qadar mikrohududdan tashqari hududlar uchun arizalar qabul qilinadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Shuningdek, 2026–2027 o‘quv yili uchun 2019 yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112121
Jamiyat
94804
Jamiyat
90851
Jamiyat
75649
Jamiyat
//
Izoh yo‘q