Endi nufuzli xorijiy OTM bitiruvchilariga ipoteka krediti beriladi

Saqlash
16:59 / 10.04.2026 33 0

Endi nufuzli xalqaro reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratiladi.

 

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda birlamchi uy-joy bozoridan uy xarid qilish uchun BHMning 2 150 baravarigacha 10 yil muddatga, yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi. Bunda kredit miqdori uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.

 

Ta’kidlanishicha, kredit olish uchun nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi, 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi, top-100 xorijiy OTMda ilmiy daraja olgan hamda diplomi nostrifikatsiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak.

 

Arizalar elektron tarzda my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi va tijorat banklari 3 ish kuni ichida arizachining to‘lovga layoqatini baholaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//